Depozitariy xizmatlari

“Genezix Capital” MCHJ XK da brokerlik va depozitariy xizmatlarini birga olib borish mijozlarimizga savdo operatsiyalariga sarflangan vaqt va mablag’ni kamaytirish imkonini beradi, oldi-sotdi bitimlarini tuzish va bajarish ishonchliligini ta’minlaydi, dividendlarning o’z vaqtida o’tkazilishini ta’minlaydi, qimmatli qog’ozlarni qayta ro’yxatdan o’tkazish muddatlariga rioya etilishini kafolatlaydi, emissiyalarni joylashtirish, qimmatli qog’ozlarni chiqarish parametrlarining o’zgarishi va emitentlarning boshqa harakatlari to’g’risida mijozlarni tezkorlik bilan xabardor qilish imkonini beradi.



“Genezix Capital” MCHJ XK depozitariysi keng turdagi xizmatlarni taqdim etadi:


  • Qimmatli qog’ozlarga bo’lgan huquqlarni hisobga olish va tasdiqlash.
  • Qimmatli qog’ozlarga bo’lgan huquqlarning o’tkazilishini hisobga olish va tasdiqlash, shu jumladan qimmatli qog’ozlarga majburiyatlar yuklanishi holatlari.
  • Har bir deponent uchun alohida depo hisobvaraqlarini ochish va yuritish.
  • Mijozga (deponentga) Depozitariyda unga ochilgan depo hisobvaraqlarining holati to’g’risida ma’lumot berish.
  • Depozitariy operatsiyalarini tekshirish va keyinchalik nazorat qilish.
  • Mijoz (deponent) ga qimmatli qog’ozlar egalarining qimmatli qog’ozlar bo’yicha o’z huquqlarini amalga oshirishiga ko’maklashish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish (depozitariy shartnomasida belgilangan tartibda), shu jumladan, qimmatli qog’ozlar bo’yicha huquqlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan axborotlar va hujjatlarni emitentlardan yoki reestrini saqlovchidan qimmatli qog’ozlar egalariga va qimmatli qog’ozlar egalaridan emitentlarga va reestr saqlovchilariga o’tkazish.
  • Depozitariyda saqlanayotgan qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromad olish va ularni mijozlarga to’lash.

Mijozlar uchun axborot


“GENEZIX CAPITAL”  Mas’uliyati Cheklangan Jamiyati Xorijiy Korxonasi (Qisqartirilgan nomi: “GENEZIX CAPITAL”   MChJ XK)

Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami (STIR): 308686604

Manzil: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani OLMACHI MFY, M.YUSUF KO'CHASI, 39-UY.


Aloqa uchun:

Telefon +998900495777

Telegram /WhatsApp +998900495777

Elektron pochta manzili (e-mail): info@genezix.com